«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini taklif qildi
29 yanvar 2021, 15:28

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini taklif qildi

Prezident iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsidida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasini ilgari surdi. Har bir hududdan 100 tadan g‘oya — jami 1400 ta g‘oya yig‘ilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
28 yanvar 2021, 11:43

Shavkat Mirziyoyev talabalar uylarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistondagi 129 ta OTMda 500 ming nafar talaba tahsil oladi, lekin ular yetarlicha yotoqxonalar bilan ta’minlanmagan. Toshkentda 13 foiz talabalar yashash joyi bilan qamrab olingan. Shavkat Mirziyoyev talabalar turar joylari sonini ko‘paytirishni buyurdi. «Bitta xonada 4 kishi bo‘lsin, platskartaga o‘xshab», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In videoanjumanda uchrashadi
28 yanvar 2021, 00:21

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In videoanjumanda uchrashadi

Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston va Koreya prezidentlari onlayn uchrashuv o‘tkazadi. Kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlari o‘rin olgan. Sammit yakunida esa yangi tashabbuslarni ilgari surish ko‘zda tutilgan hujjatlar imzolanadi.

Prezident hokim va vazir ishdan bo‘shatilishini e’lon qildi
27 yanvar 2021, 22:03

Prezident hokim va vazir ishdan bo‘shatilishini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev yaqin orada bir hokim va bir vazirni ishdan olishini ma’lum qildi. lekin ularning ismlarini aytmadi. Hokim haqida gapirar ekan, «Sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Aravani tortmayapti», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
27 yanvar 2021, 13:18

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Barcha darajadagi rahbarlar o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganadi
26 yanvar 2021, 20:42

Barcha darajadagi rahbarlar o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganadi

Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganishga oid topshiriq berdi. Yig‘ilishda vertikal tizim yo‘lga qo‘yilishi, unga 20 mingdan ortiq xodim jalb etilishi va masalani joyida hal etish bo‘yicha ularga barcha vakolatlar berilishi aytildi.

TDYUning yosh kafedra mudiri yuristlar uchun yagona imtihon o‘tkazishni taklif qildi. Prezident 90 foizi o‘tolmasligini aytdi
26 yanvar 2021, 10:23

TDYUning yosh kafedra mudiri yuristlar uchun yagona imtihon o‘tkazishni taklif qildi. Prezident 90 foizi o‘tolmasligini aytdi

Toshkent davlat yuridik universitetining 31 yoshli kafedra mudiri Huseyn Rajabov prezident bilan uchrashuvda yuristlar uchun yagona malakalovchi imtihon tizimini joriy etishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev bu imtihondan 90 foiz yuristlar o‘ta olmasligini ma’lum qildi, biroq ushbu g‘oyani o‘rganib chiqishini aytdi. Prezident yosh mutaxassisga Oliy sudda ishlashni taklif qildi, biroq u kafedra mudiri sifatida qolishni so‘radi.

Buxorolik dasturchi prezidentdan davlat loyihalarini berishni so‘radi
25 yanvar 2021, 16:33

Buxorolik dasturchi prezidentdan davlat loyihalarini berishni so‘radi

Buxorolik dasturchi Saidravshan Shakirov Shavkat Mirziyoyevdan davlat loyihalarini ishonib topshirishini so‘radi. Prezident unga uchta ustuvor yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limini taklif etdi. IT-tadbirkor o‘z jamoasi bilan loyihalarni birma-bir amalga oshirishi mumkinligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon bo‘ldi
22 yanvar 2021, 18:32

Shavkat Mirziyoyev buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezident buxorolik mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadonida mehmon bo‘ldi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgandi. Shu bilan davlat rahbarining safariga yakuniga yetib, Toshkentga qaytib keldi.

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi
22 yanvar 2021, 15:27

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi

Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.

Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2021, 12:40

Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev

Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. «Kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas», — dedi prezident.

«Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi» — prezident to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi
22 yanvar 2021, 10:56

«Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi» — prezident to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi

Prezident Buxorodagi 65 mlnlik to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo dokonlari bor, mamlakatda yana 50 tasini ochish ko‘zlangan. Xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari yordamida chet elda ham savdo nuqtalarini ochish reja qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda
21 yanvar 2021, 19:17

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi agrar sohasi bo‘yicha loyihalarni o‘rganmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada o‘tgan yili qariyb 20 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 mln dollarlik eksport qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi
21 yanvar 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

Prezident mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi nimalardan iboratligini ma’lum qildi
19 yanvar 2021, 22:08 1

Prezident mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi nimalardan iboratligini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini nimalar tashkil etishini sanab o‘tdi. «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi», — dedi prezident.

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev
19 yanvar 2021, 20:17

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev

«Ijod» jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etiladi. 120 mlrd so‘m ajratilishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.

Prezident hujjatlari ijrosining 4 bosqichli tizimi joriy etiladi
18 yanvar 2021, 22:13

Prezident hujjatlari ijrosining 4 bosqichli tizimi joriy etiladi

Loyihadan tortib nazoratgacha — prezident hujjatlari ijrosining yangi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi. «Ijro tizimidagi eng katta muammo — dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

“Aravani tortmasa, ketishi kerak”. Prezident amaldorlarning ishdan olinishi haqida
18 yanvar 2021, 15:23

“Aravani tortmasa, ketishi kerak”. Prezident amaldorlarning ishdan olinishi haqida

Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir qancha vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganiga to‘xtaldi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarining “oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini” aytdi. “Aravani tortmasa, ketishi kerak”, — dedi prezident.

«Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari siyosatimizga xiyonat qildi» — prezident
16 yanvar 2021, 13:15

«Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari siyosatimizga xiyonat qildi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining barcha tuman hokimlarini «halol va porasiz» ishlashlari zarurligi haqida ogohlantirdi. U «prezident siyosatiga xiyonat qilgan» Jizzax viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini misol qilib ko‘rsatdi.

Prezident Toshkentda ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi
15 yanvar 2021, 17:32

Prezident Toshkentda ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi

Prezident Chilonzorda Sobiq «FONON» negizida ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi. Ushbu loyiha qariyb 21 mln dollarga teng va yiliga 6 tonna zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting